Sport | 13:51 / 04.11.2016
16701
3 daqiqa o‘qiladi

Babayan terma jamoa yig‘iniga chaqirilganlarning ro‘yxatini ma'lum qildi

Foto: the-uff.com

Samvel Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi bugun, 4 noyabrdan yig‘inga kirishdi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.

Jahon chempionati saralashining 3-bosqichida ishtirok etayotgan O‘zbekiston bugundan Janubiy Koreyaga qarshi 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan safardagi o‘yinga tayyorgarlikni boshlaydi.

Ushbu yig‘in doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Ushbu o‘yin 10 noyabr kuni, “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 17:00da boshlanadi.

Samvel Babayan boshchiligidagi  terma jamoa murabbiylar shtabi Iordaniya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi hamda Janubiy Koreyaga qarshi JCh-2018 saralashi doirasidagi uchrashuvlar uchun quyidagi futbolchilarni tarkibga jalb etgan:

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”)

Himoyachilar: Yegor Krimets (“Beyjin Goan” – Xitoy), Anzur Ismoilov (Changchun Yatay – Xitoy), Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” -  Rossiya), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Stanislav Andreyev (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”).

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Krasnodar” – Rossiya), Aziz Haydarov (“Ash-Shabob” – BAA), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Salamat Qutiboyev (“Buxoro”), Odil Hamrobekov (“Nasaf”), Vadim Afonin (“Orenburg” – Rossiya), Sardor Rashidov (“Al-Jaish” - Qatar), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Server Jyeparov (“Lokomotiv”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Marat Bikmayev (“Lokomotiv”).

Hujumchilar: Igor Sergeyev (“Beyjin Goan” – Xitoy), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi” – Qozog‘iston).

Ta'kidlash kerakki, Oston O‘runov hamda Jasurbek Yaxshiboyev  terma jamoaga yosh futbolchilarni tayyorlash dasturi doirasida bosh jamoa bilan birga mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun taklif qilindi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid