3 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan nomzod Sarvar Otamuratovning Andijon viloyatidagi saylovçilar va keng jamoatçik bilan uçraşuvi bölib ötdi. Bu haqda ÖzMTDP Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Uçraşuvda turli sohalar, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, xotin-qizlar, yoşlar, mahalla faollari, partiya a'zolari hamda OAV xodimlari iştirok etdilar.

Uçraşuv Andijon viloyatining barça tuman va şaharlarining saylovçilari bilan onlayn video konferensiya orqali muloqot tarzida bölib ötdi. 

Uçraşuvda nomzodning işonçli vakili Sadbar Mamitova iştirokçilarga Sarvar Otamuratovni taniştirdi va uning tarjimai holiga töxtalib ötdi. 

Prezidentlikka nomzod S.Otamuratov sözga çiqib, saylovçilarni saylovoldi Dasturida belgilangan ustuvor vazifalar bilan taniştirdi.

Şundan kelib çiqqan holda saylovoldi Dasturda milliy özlikni anglaş, milliy ğurur va qadr-qimmat tuyğusini mustahkamlaş, milliy iqtisodiyotni rivojlantiriş, aholi turmuş sifati, darajasi va farovonligini oşiriş böyiça Davlat dasturlari qabul qiliş hamda Kompleks çora-tadbirlar işlab çiqiş belgilangan.

Ayniqsa, sanoat mahsulotlari işlab çiqariş va oilaviy tadbirkorlik yaxşi yölga qöyilgan Andijon viloyatida işlab çiqarişni texnik va texnologik modernizatsiya qiliş, işlab çiqarişga yönaltirilmagan xarajatlarni qisqartiriş, yangi, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, şuningdek, istiqbolli işlab çiqariş bilan şuğullanayotgan korxonalarga soliq va majburiy tölovlarda imtiyozlar beriş yöli bilan mahalliy sanoat samaradorligini yanada oşiriş muhim masaladir.

Milliy bozorni sifati past, xalqaro andozalarga mos kelmaydigan mahsulotlardan muhofaza etiş, qulay va jozibador sarmoya muhitini şakllantirişning huquqiy asoslarini kuçaytiriş, davlat kompaniyalari va davlat uluşi ustunlik qiladigan korxonalarning moliya-xöjalik faoliyati şaffofligini ta'minlaş orqali ularning faoliyat samaradorligini oşiriş, içki xususiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga yönaltirişni yanada kengaytirişni har tomonlama qöllab-quvvatlaş Sarvar Otamuratov saylovoldi Dasturida ustuvor vazifa etib belgilangan.

Bular bugungi kunda 47 ta yirik sanoat korxonalariga ega bölgan Andijon viloyati uçun juda muhimdir. Xorijiy investitsiya iştirokidagi korxonalardan 38 tasi yengil sanoatda, 18 tasi avtomobilsozlikda, 17 tasi xizmat körsatişda, 5 tasi oziq-ovqat sohasida, 4 tasi elektrotexnika, 4 tasi kimyo sohasida, 5 tasi poyabzal, 12 tasi savdo, 5 tasi farmatsevtika sohalarida faoliyat yuritmoqda. Andijon viloyatida joriy yil birinçi yarim yilligida yalpi hududiy mahsulot 95,5 foizga, hududiy sanoat 137,3 foizga ösgan. Şunday ekan, istiqbolli işlab çiqariş bilan şuğullanayotgan korxonalarga soliq va majburiy tölovlarda imtiyozlar berişni yanada kengaytiriş vaqti keldi, - dedi S.Otamuratov.