Agentlik bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Pak Kin Xe mamlakat oldida navbatdagi uzrini aytishi va zarur holatda unga yaqin bo‘lgan Tsoy Sun Sil haqida bayonot berishga tayyor ekanligi aytishi kutilmoqda. Prokuratura 60 yoshli ushbu ayolning davlat ishlariga aralashgani to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘rganmoqda.

Avval xabar qilinganidek, 25 oktabr kuni prezident Tsoy Sun Sil bilan bog‘liq mash-masha yuzasidan uzr so‘ragan edi.