Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe özi aralaşib qolgan siyosiy mojaro uçun uzr söradi va bu iş böyiça tekşiruvlarda prokurorlar bilan hamkorlik qilib, körsatma berişga tayyorligini aytdi.
Reuters xabariga köra, u öz prezidentligini xavf ostiga qöygan bu voqealardan «yuragi larzaga kelgani»ni aytgan.
Gallup instituti tadqiqotiga köra, bugunga kelib Pak Kin Xening siyosiy faoliyatiga işonç darajasi mamlakat tarixidagi barça prezidentlar orasida eng quyi körsatkiçgaça tuşgan. Ayni vaqtda mamlakatda uni aholining faqat 5 foizi qöllaydi.
Sörovlar 1-3 noyabr kunlari davomida ötkazilgan va unda mamlakatning 1,5 ming fuqarosi iştirok etgan. Ularning 89 foiz Pak Kin Xe bu lavozimni egallab turganidan noroziligini aytgan.
Bundan oldinroq, prezident öz ma'muriyatiga Xan Gvan Okni rahbar etib tayinlagani ma'lum bölgandi.
Mamlakat prezidenti öz dugonasi Çxve Sun Silning Pak Kin Xe prezidentligidan foydalangan holda davlat mablağlarini özlaştirgani ma'lum bölgaç, Janubiy Koreyada siyosiy mojaro avj oldi.
Seul okrug sudi 3 noyabr oqşomida Çxve Sun Silni hibsga oliş uçun ruxsatnoma berdi.
Sud ayolga qarşi ilgari surilgan ayblovlarni sinçiklab tekşirganidan söng ruxsatnoma çiqargani aytilmoqda. Hafta boşida Janubiy Koreya prokuraturasi söroqdan söng Çxve Sun Silni uşlab qolgan edi.
Çxve Sun Sil öz mavqeidan foydalangan holda yirik kompaniyalarni unga aloqador ikki jamğarmaga köp millionli ehsonlar qilişga majburlaganlikda ayblanmoqda. Ayrimlar, öz navbatida, Pak Kin Xeni dugonasining bu işlariga yöl qöyib berganlikda gumon qilmoqda.
Yaqinda Koreya Respublikasi hukumati rahbari özgardi, şuningdek, kotibiyatda özgarişlar amalga oşirildi. Jurnalistlar bu özgarişlar korruptsion janjal bilan boğliqligini taxmin qilmoqda.












