Koreya Respublikasi prokuraturasi mamlakat prezidenti Pak Kin Xening dugonasi, korrupsiya maş-maşalari markazida turgan Çxve Sun Silni hibsga oldi. Bu haqda "Ryonxap" agentligi xabar bermoqda.
Hibsga oliş Seul sudi tomonidan çiqarilgan orderga muvofiq amalga oşirilgan. Ma'lum qilinişiça, sud orderni Çxve Sun Cilga nisbatan korrupsiya böyiça qöyilgan ayblovdan söng bergan. Hafta boşida Janubiy Koreya prokuraturasi sörovlardan söng, şubhalanuvçi dalillarni yöq qiliş xavfi bilan uni vaqtinçalik garovga olgan edi.
Avval ma'lum qilinganidek, mamlakat prezidenti Pak Kin Xe juma kuni xalq oldida uşbu masalaga bayonot berib çiqadi. “Ryonxap” agentligi manbasiga köra, u uzr söraşi, şuningdek, dugonasining işi böyiça körsatmalar berişi mumkinligi aytilmoqda.











