AQŞ prezidentligi uçun demokratlar partiyasi nomzodi Hillari Klintonning yozişmalari, uning Liviya parçalanişida asosiy örin tutganidan guvohlik beradi. Bu haqda, WikiLeaks asosçisi Julian Assanj RT telekanali efirida söz yuritgan.

4 noyabr kuni WikiLeaks sayti Klinton saylovoldi kampaniyasi rahbari Jon Podesta maktublarining 29-qismini e'lon qildi. Unda 50 mingga yaqin maktubning 47 mingdan ortiği keng jamoatçilik e'tboriga havola etilgan. 

"Liviyadagi uruş hammasidan ham Hillari Klintonning uruşi edi", — degan Julian Assanj va AQŞ prezidenti Barak Obama boşida Liviyadagi harbiy harakatlarga qarşi bölganini qöşimça qilgan. 

Assanj 2011 yil oxirlariga oid hujjatlar töplamini "Liviya. Voqealar davriyligi" ("Libya Tick Tock") deb nomlagan.

"Hujjat Liviya davlatçiligining parçalaniş jarayonida röy bergan hodisalar davrini namoyiş etadi. Uning markazida esa Hillari Klinton turgan edi", — deb ta'kidlagan Assanj.

Uning sözlariga köra, Klinton Liviya yetakçisi Muammar Qozzofiyning ağdarilişi va uşbu mamlakatdagi davlat töntarişini prezidentlik poygasining kiriş qismidek baholagan edi.