Xitoy Milliy-ozodlik armiyasi (XMOA) harbiy havo kuçlari (HHK) qömondoni general-mayor Ma Syaotyan XXR özi işlab çiqargan "Tszyan-20" (J-20) beşinçi avlod qiruvçisini sotmasligini ma'lum qildi. Bu haqida South China Morning Post naşri xabar berdi. 

Seşanba kuni Xitoy Çjuxay şahrida (Guandun provinsiyasi) bölib ötgan Airshow China-2016 aviakosmik saloni doirasida "Tszyan-20" qiruvçisini namoyiş etdi. Qiruvçini işlab çiqariş bilan Chengdu Aircraft Industry korporatsiyasi şuğullanadi. 2011 yilning boşida u ilk sinov parvozini amalga oşirgan. 

"Biz J-20'ni jahon bozorida sotmaymiz", - dedi Ma Syaotyan Şençjen televideniyesi efirida. 

XMOA HHK qiruvçining Çjuxaydagi aviakosmik salon doirasidagi namoyiş parvozidan qoniqqanini ta'kidladi. "Albatta, qoniqdim. J-20'ning bu yerda namoyiş qilingani juda yaxşi böldi. Biz uni işlab çiqarişni jadallaştiramiz", - qöşimça qildi Ma Syaotyan.

"Tszyan-20"dan taşqari, Xitoy beşinçi avlodning yana bir "Tszyan-31" (J-31) qiruvçisining işlab çiqarilişini yölga qöymoqda. J-31 qiruvçisi ilk marta 2012 yilning 31 oktabrida havoga kötarilgan, endi uning işlab çiqarilişi yanada faollaştirilmoqda.