Fransiyaning «PSJ» klubi jamoasi sobiq boş direktori Leonardo Joze Mourinoning «Mançester Yunayted»dagi faoliyatini tanqid qildi. U portugaliyalik murabbiyni Luço Dallaga öxşatdi. Luço Dalla 1970 yillarda maşhur bölgan italiyalik qöşiqçi, kompozitor va aktyordir. 

«Öylaşimça, ular transfer bozorida yomon işlaşdi. “MYu” köp sarf qildi, ammo hozirça natija yöq. Biroq, Mourinoning bori şu. U biroz Luço Dallaga öxşab ketadi. Dalla ham 70-yillarda bir neçta yaxşi qöşiqlar yozgaç, boşqa bu natijasini takrorlay olmagan», — deya Leonardo sözlarini keltiradi Mirror.

«Qizil iblislar» sönggi yettita öyinning 2tasida muvaffaqiyat qozona oldi xolos. «MYu» jamoasi yozgi transferlar oynasida 140 mln funt sterlingni futbolçilarni xarid qilişga sarfladi.