Bugun, 5 noyabrda sakkiz vazn toifasida sobiq jahon çempioni filippinlik Menni Pakyao Butunjahon boks taşkiloti (WBO)ning 66,68 kg vazn toifasidagi çempioni amerikalik Jyessi Vargas bilan kuç sinaşadi. 12 raundlik jang AQŞning Nevada ştati Las-Vegas şahrida bölib ötadi.
37 yoşli Pakyao amerikalik Floyd Meyuezerga mağlub bölganidan 1,5 yil ötib, yana çempionlik unvoniga sazovor bölişi mumkin. 2015 yil mayida ötkazilgan boks tomoşasi "asr jangi", deb atalgan edi. Şundan söng, Pakyao şu yilning aprel oyida Timoti Bredli bilan ringga çiqdi va uni oçkolar hisobida mağlub etdi. Bu jangdan keyin Menni Filippin Senatiga saylangani munosabati bilan professional boksni tark etişi haqida e'lon qildi. Biroq, tezda fikrini özgartirib, avgust oyida Vargas bilan jang xususida şartnoma imzoladi.
Aytiş joizki, Pakyao uşbu kuç sinaşuvida imkoniyatni boy bergan taqdirda ham, boks böyiça jahon çempionligi uçun kuraşgan ilk senator nomi bilan jahon tarixida qoladi. Uning aytişiça, agar Vargasni mağlubiyatga uçratsa, boksçilik faoliyatini davom ettirişi mumkin.
Musobaqada filippinlik senator-boksçi favorit hisoblanmoqda. Amerikalik Vargas esa, birinçi marta uşbu tasnifda unvonini himoya qiladi.
27 yoşli Vargas öz faoliyati davomida bir neça oğir janglarni ötkazgan. Şu boisdan Pakyao bilan jangda kutilmagan natijalarga erişmagan taqdirda ham, şunçaki uriladigan qop ham bölmasligi aniq. Ammo, Vargas umumiy texnik jihatdan va ustomonligi borasida Pakyaodan zaifroq hisoblanadi. Amerikalik boksçi unçalik kuçli zarbaga ega emas, filippinlik boksçi esa, sönggi olti yildagi janglarida nokaut qila olmayapti. Şunga köra, jang 12 raund davom etişi ehtimol.
Pakyao 58 marta ğalaba qozongan (38 tasi nokaut), 6ta mağlubiyat va 2ta durang natija sohibi bölsa, Vargas hisobida 27 ta ğalaba (10 ta nokaut) va bitta mağlubiyat bor.












