Abdulla Oripov O‘zbekistonda dafn etiladi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Qahramoni va xalq shoiri, davlat va jamoat arbobi, mamlakat madhiyasi muallifi Abdulla Oripovning vafoti munosabati bilan bayonot berdi. Bayonot matni TIV saytida keltirildi.
«Mahalliy vaqt bilan 2016 yil 5 noyabrga o‘tar kechasi Hyuston shahridagi (AQSh, Texas shtati) kasalxonada O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi matni muallifi, O‘zbekiston Qahramoni va xalq shoiri Abdulla Oripov og‘ir kasallikdan so‘ng 75 yoshida vafot etdi», — deyiladi bayonotda.
Tashqi ishlar vazirligi marhumning oilasi va yaqinlariga samimiy hamdardlik izhor etgan.
«Marhumning jasadini O‘zbekistonga olib kelishga va o‘z vatanida dafn qilishga qaror qilgan Abdulla Oripovning oila a'zolariga yordam berish uchun O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi Elchixonasiga konsullik va boshqa masalalarni zudlik bilan hal qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi», — deb ta'kidlanadi xabarda.
Abdulla Oripov 5 noyabr kuni Hyustondagi shifoxonada vafot etdi. U 3 noyabr kuni kechqurun koma holatiga tushib qolgandi.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Misrda o‘zbek tili grammatikasini o‘rganish bo‘yicha darslik yaratildi
O‘zbekiston | 12:44
-
Germaniyalik yevrodeputatlar 9 may kuni Moskvaga boradi
Jahon | 12:41
-
Buloqboshida suv toshqini yuzaga keldi
O‘zbekiston | 12:27
-
Van Universal Motors “INNOPROM. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasida FAW texnikalarining yangi modellari bilan qatnashdi
O‘zbekiston | 12:25
Mavzuga oid

21:59 / 21.03.2025
“Prezident safardaligida otamni yo‘qotmoqchi bo‘lishgan” - yaqinlari Abdulla Oripov haqida

11:14 / 21.03.2025
Butun zal Abdulla Oripovdan she’r so‘ragandi - shoirning shogirdi xotiralari

15:40 / 12.02.2025
Tailandda 85 yoshli ayol o‘z dafn marosimida hushiga keldi

16:31 / 12.10.2022