Özbekiston xalq şoiri, davlat madhiyasi muallifi, milliy adabiyotning yirik vakillaridan biri, marhum Abdulla Oripov tavalludiga 84 yil töldi. Kun.uz muxbiri şoirning xonadonida bölib, uning rafiqasi Hanifa Mustafoyeva hamda qizi Şoira Oripova bilan suhbatlaşdi. Intervyuda ular Abdulla Oripov hayotining sönggi kunlari, ijodiy va siyosiy faoliyatiga doir voqeliklarni eslab, xotiralarini gapirib berdi.

Abdulla Oripov rafiqasining sözlariga köra, şoir doimo xalq dardi bilan yaşagan, taşvişsiz kunlari bölmagan, umrini tinimsiz öyga tolgan holda ötkazgan:

“Abdulla akaning xotirjam yurgan kunlarini eslay olmayman, hamma narsadan xavotirlanardi, hayotda juda besaranjom inson edilar. Ular uçun heç qaçon oila birinçi örinda turmagan. Doim xalqni öylardilar.

1967 yil töyimiz bölgan. Öşanda 17 yoş edim, rasmiy nikohdan ham ötmaganmiz. Töyimizga Toşkentdan Şukur Xolmirzayev, Nizom Komilov, Tölqin kabi köplab ijodkorlar kelgan. Bazmda Abdulla aka Erkin Vohidovning bir ğazali va özining “Yozajakman” şe’rini öqigan. Şundan keyin ayni şu şe’rlar asosida ularni uzoq vaqt tergov qilib, söroqqa çaqirişgan. Özining ta’biri bilan aytganda “8 qator şe’r 8 ta bomba bölib yoğilgan boşiga”. “Tilla baliqça”, “Dorboz” singari kiçik-kiçik şe’rlariga ham siyosiy tus berilar, köp tazyiqlar ötkazilardi”, – deydi şoirning turmuş örtoği.

Foto: abdullaoripov.com

Hanifa Mustafoyevaning aytişiça, yozuvçi Abdulla Qahhor vafot etgaç, uning adabiy maktabiga mansub ijodkorlar turli nazorat va tekşiruvlarga tortila boşlangan. Abdulla Oripov ham bundan mustasno bölmagan:

“1968 yilda Abdulla Qahhor vafotidan keyin uning şogirdi deb Abdulla akani ham köp tekşirişardi. Ularning keyingi paytda afsus bilan aytgan gaplarini yaxşi eslayman: “faqat tuşim qoldi nazoratçilar aralaşmagan”, “kimdir özining işi qolib, mening qadamimni ölçab yuribdi”, deb deb xörsinib gapirardilar. Vaziyatni oçiq-oydin sezib turardi, şe’rlarini öqisangiz, bu haqida yetarliça yozgan”, – deydi Hanifa Mustafoyeva.

Şoir rafiqasining sözlariga köra, sovet tuzumida har qanday asar qattiq senzura ostida çop etilgan. Abdulla Oripovning birgina “Onajon” şe’ri ham uzoq muddat naşr qilinmay, vaqtlar ötib “Saodat” jurnalida çiqqanida ham köplab özgarişlarga uçragan:

“Toşkentga 1968 yilda kelganman, şu yildan Abdulla akaning hayot tarzini yaqindan köra boşladim. Öşa yili turmuş örtoğimning onasi olamdan ötgandi. Volidasini qömsab yozgan “Onajon” şe’ri doim çöntagida yurardi. Şe’r naşr etilganda “oxiri çiqardim-a” deb hafsalasizlik bilan gapirgandilar. Sababi hattoki, ona haqidagi şe’r ham matbuotda bosilişi juda qiyin bölgan. Xonadonimizda uy telefoni bölardi, şu qurilma orqali “mana bu sözini özgartirib bering, bu joyini almaştirib bering” deb qönğiroq qilaverişardi, to matbuotda çiqquniça satrlarning yarmi özgarib ketardi”, ­– deydi. Hanifa Mustafoyeva.

Foto: abdullaoripov.com

1988-1989 yillarda özbek tili bekor qilingan, oliygohlarda özbek tili kafedralari yopilgan, Navröz bayramini ötkaziş taqiqlangan. Şu davrda gazetada “Salom, bahor!” degan katta maqola berilgan va u Abdulla Oripov nomidan çiqqan. “Aslida maqolani turmuş örtoğim yozmagan. Ularni çaqirtirib, nomidan çiqarganlikni tasdiqlaşga majbur qilişgan”, – deb xotirlaydi Hanifa Mustafoyeva:

““Yöq” deyiş mumkin emas edi. Qarşi borsangiz, özingiz qolib yaqinlaringizga ham tazyiqlar boşlanardi. Abdulla akaning uç akasi bor edi, tizimga qarşi borsam, ularni surgun qiladi, deb qörqardilar. Farzandlarimiz hali kiçkina edi, bolalari va oilasidan ham köra, akalaridan taşvişlanardi.“Özim bölsam mayli edi, qarindoş-uruğlar – hammasini tekislaydi-da bular”, deb jim qolişga majbur bölardi. “Xöp” deyişdan boşqa iloj qoldirişmasdi

Qozonda qaynab turgan sumalaklarga tuproq taşlangan vaziyatlar ham bölgan. Abdulla akaning iç-etini tirnardi bunaqa holatlar. Navröz haqida 4 qator şe’rlari bor:

Sen bizni keçirgin ey, Navrözimiz,

Ğaflatda çalğidi ul kun közimiz.

Yuzingga şapaloq tortib yubordik,

Şör paxta bosamiz endi özimiz.

Ularning iztiroblarini şu satrlardan ham bilib oliş qiyin emas. Öşa yillarda hatto sunnat töyi ham man etilgandi. Abdulla aka öğlimga sunnat töyi qilaman, deb orzu qilgan, ammo bunga ruxsat berilmagan. “Agar bu marosimni ötkazsang, partiyadan seni çiqarib yuborişadi”, deb ogohlantirişgan. Öşanda qişloqqa meni öğlimiz Ilhomjon bilan birga jönatib yuborib, “ukam öğliga töy qilyaptikan, öğlimizni olib borib, birga sunnat qildirib kel”, deb tayinlaganlar. Oxirgi paytda janoza öqişga ham ruxsat berilmagan, marhumlar doklad öqib, musiqa çalib kömiladigan darajaga yetgandi”, – deb xotirlaydi şoirning turmuş örtoği.

Foto: abdullaoripov.com

Hanifa Mustafoyeva öşa yillarda Özbekiston rahbari bölgan Şarof Raşidov ijod ahlini imkon qadar himoya qilganini ta’kidlaydi. Uning aytişiça, Abdulla Oripovning şe’rlari Moskvada çop etilişida ham Raşidovning hissasi katta bölgan:

“Abdulla aka, bu şe’rlaringiz uçun Hadraga olib çiqib otib taşlaşmagan haliyam” deb hazillaşardim. Haqiqatan, şe’rlarini öqisangiz qaltis-qaltis satrlari köp. Şarof Raşidov özi adabiyotçi, yozuvçi bölgani uçun, ayniqsa, özi ayta olmagan dardlarni, balki Abdulla aka yozgani uçun tahlikali vaziyatlarda turmuş örtiğimni himoya qilgandir. Köp narsalarni körib körmaslikka olib, qöllab-quvvatlaganlar.

Abdulla aka şoirligidan taşqari siyosatçiga ham aylanib qolgan edi. 1989 yillarda SSSR deputati böldilar, Gorbaçyov hukumat yiğinlarida iştirok etdilar. Birinçi prezidentimiz Islom Karimov bilan Özbekiston mustaqilligi e’lon qilinişida qatnaşdilar. Öşa yiğilişga ketayotganda ham zalda öqiş uçun keçasi bilan ötirib şe’r yozib çiqqandilar. Hali mustaqillik e’lon qiliniş-qilinmasligi aniq emas, lekin yaxşi niyat bilan Abdulla aka şe’r yozib tayyorlanib borgandilar. Turmuş örtoğim doim “şoirning çöntagida bitta yangi, qoralama şe’ri bölmasa, uning şoirligi bekor” derdilar.

Foto: abdullaoripov.com

Madhiya uçun e’lon qilingan tanlovga Abdulla aka "Qönğirtovliq" taxallusi bilan qatnaşgan. Saralov uç bosqiçdan iborat bölgan va deyarli ikki yil davom etdi. Har bir bosqiçda Abdulla akaning şe’rlari yuqori örinlarni egalladi. Tinimsiz mehnat natijasida madhiya uçun ikki şe’r yozildi. Va oxiri “Serquyoş, hur ölkam, elga baxt najot” degan satrlar bilan boşlanadiganini tanlovga taqdim etdilar. Madhiyaning eski musiqasi özgarmaydigan böldi. SSSR vaqtidagisi sayqallanib, öşa musiqaga şe’r moslaştirildi. Mutal Burhonov har kuni uyimizga kelib, pianinoda musiqani çalib körar va madhiyani farzandlarim bilan kuylab, har bir sözi musiqaga mos tuşayotgan yoki yöqligini tekşirardi. Madhiyaning matni ham juda köp özgartirilgan, şu vaqtgaça bir neçta variantini muzeylarga berganman, uyda yana 50-60 ta nusxasi saqlanib qolgan”, – deydi Hanifa Mustafoyeva.

Abdulla Oripovning qizi Şoira Abdullayeva esa otasi va madhiya bilan boğliq xotiralarni quyidagiça eslaydi:

“Har yangi yilda madhiyaning yangraşini otam intizorlik bilan kutardi. Otamga qöştirnoq içidagi döstlari va şogirdlari kelib, “eşitdingizmi, madhiyani özgartirişyaptikan” deb gapirib, könglini behuzur qilib ketardi. Yil yarmidan boşlab, 6 oy davomida yangi yil kelişini kutardilar. Bayramda madhiya yangrab, uning matni özgarmaganini bilganlaridan keyin, xayriyat, özgartirişmabdi”, deb yiğlab yuborardilar”, – qizi deydi Şoira Oripova.

Şoir rafiqasi Abdulla Oripov umrining sönggi yetti yilida uy qamoğiga öxşaş holatda yaşagani, hamma şogirdlari va hamkasblari ularni körsa, qoçadigan vaziyatga tuşib qolganini aytadi:

“Oxirgi vaqtlar “menga yaqin yurma, yonimga kelsang, qoram senga ham yuqadi. Özimdan uzoqlaştirganim senga qilgan yaxşiligim” deydigan darajaga tuşib qolgandilar. Matbuot, televideniye, radio – hammasidan uzib qöyişgandi. Lekin buning uçun Islom Karimovdan Abdulla aka umuman xafa bölmasdi, boşqa kuçlarning bu işda qöli borligini bilib turardilar”, ­­– deydi Hanifa Mustafoyeva.

Foto: abdullaoripov.com

Şoir uzoq yillar davomida soğliği bilan boğliq muammolarga duç kelgan bölsa-da, ijoddan töxtamagan. 2016 yilning kuzida uning soğliği yomonlaşdi. Davolaniş maqsadida AQŞga jönatildi. Turmuş örtoği Hanifa Mustafoyevaning sözlariga köra, Abdulla Oripov vafotidan oldin ham ona yurtini qömsab yaşagan, Özbekistonni soğinganini qayta-qayta takrorlagan.

Abdulla Oripov 2016 yil 5 noyabr kuni AQŞning Xyuston şahrida vafot etdi. Uning jasadi vatanga qaytarilib, 10 noyabr kuni Toşkent şahrida dafn qilindi.

“Otam jasadini öz yurti Qaşqadaryoning Neköz qişloği “Toyloq ota” qabristoniga olib borib, ota-onalarining yoniga qöyişimizni vasiyat qilgandilar. Xalq vakili bölgani va Qaşqadaryoga köpçilik yöqlab bora olmasligini inobatga olib, hukumat vakillari boşçiligida Toşkentdagi “Çiğatoy” qabristoniga dafn etildi”, – deydi Şoira Oripova..

Intervyuning töliq qismini Kun.uz YouTube kanalida tomoşa qilişingiz mumkin.