NetSuite kompaniyasi aksiyadorlari kompaniyaning dasturlar işlab çiqaruvçi Oracle kompaniyasi tomonidan 9 mlrd dollarga sotib olinişini ma'qulladilar. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda. Bu bitimga NetSuite aksiyadorlarining 53 foizi rozi bölgan.
Oracle kompaniyasi asosçisi Larri Ellisonga NetSuite’ning 40 foiz aksiyasi tegişli.
Dastlabki kelişuvlarga köra, Oracle kompaniyasi NetSuite’ning har bir aksiyasiga 109 dollardan haq tölagan. Bitim 2016 yil oxirigaça yopiladi.
NetSuite kompaniyasi örta biznes uçun dasturlarga kiriş xizmatini taqdim qiladi hamda bulutli texnologiyalar asosçisi hisoblanadi.











