Ilğor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining eng sönggi yangiliklaridan boxabar böliş iş jarayonini yengillatişi bilan birga kasb mahoratini oşirişda juda qöl keladi. Ayni jihatlar bugungi kunda ta'lim sohasiga ham jadal joriy etilmoqda, deb yozmoqda ÖzA.

Xalq ta'limi vazirligi ta'lim-tarbiya jarayonlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalaniş hamda öqituvçilar va öquvçilarning AKT borasida savodxonligini oşiriş maqsadida turli nufuzli xalqaro taşkilot, kompaniyalar bilan uzviy hamkorlik aloqalarini qaror toptirmoqda. 

Vazirlik matbuot xizmatidan ma'lum qilişlariça, axborot texnologiyalari sohasida yetakçi hisoblangan Microsoft, Oracle, Cisco kabi kompaniyalar bilan öqituvçi va öquvçilarining AKT böyiça salohiyatini yanada oşiriş, yangi zamonaviy kasb sohalariga oid könikmalarni şakllantiriş yuzasidan öquv kurslarini joriy etiş, ilğor öqituvçilar qatoridan trenerlar tayyorlaş va tayanç (pilot) ta'lim muassasalarini belgilaş böyiça hamkorlik olib borilmoqda. 

Şu yilning yanvar-may oylarida umumta'lim maktablarining informatika fani böyiça bir guruh öqituvçilari Microsoft kompaniyasida malaka oşirib, tarmoqlar tuzilişi, Windows Server tizimini örnatiş, sozlaş va boşqariş böyiça öquv kurslarini bitirişdi. Ularga tegişli sertifikatlar topşirildi.