Janubiy Koreya politsiyasi ma'lumotlariga köra, 5 noyabrda 43 mingdan 100 minggaça koreyaliklar Seul markazida korruptsion mojaro tufayli mamlakat prezidenti Pak Kin Xening iste'fosini talab qilib yiğildi, deb xabar bermoqda "Ryonxap" axborot agentligi.
Avvalroq ma'lum qilingandek, mojaroga prezidentning dugonasi, heç qanday rasmiy lavozimni egallamaydigan va öz manfaatlari yölida davlat işlariga aralaşgan Tsoy Sun Sil sabab böldi. Ma'lum bölişiça, Sil prezidentning nutqlarini ular rasman ma'lum qilingunga qadar tahrir qilgan. Tsoy Sun Sil şaxsiy va tijorat maqsadlarida prezidentga ta'sir qilganlikda gumon qilinmoqda. Jumladan, huquq-tartibot muassasalarining ma'lum qilişiça, uning ikkita jamğarmasi – MIR va K-Sport yirik biznesdan pul yiğiş bilan şuğullangan. Joriy haftada ayol hibsga olindi.
4 noyabrda ma'lum qilingan ma'lumotlarga köra, prezidentning reytingi rekord darajagaça tuşib ketgan va 5 foizni taşkil qilmoqda.
Ta'kidlanişiça, norozilik namoyişi vaqtida tartibni 20 ming politsiyaçi saqlagan va ularga turli iğvolarga berilmaslik buyurilgan. Biroq politsiya töqnaşuvlar yuz berişi mumkinligidan ogohlantirgan, çunki uning ma'lumotlariga köra, namoyişçilardan bir qismi prezident saroyi tomon yöl oliş maqsadida politsiya tösiqlarini aylanib ötişga uringan.
Avvalroq politsiya norozilik namoyişlarini ötkazişni taqiqlagandi, biroq ma'muriy sud bu qarorni bekor qilgan.












