Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Yevropa Kurdiston işçi partiyasini (KIP) qöllab-quvvatlaşi bilan terrorçilikka şeriklik qilmoqda deb aytdi. U bu haqda 6 noyabrdagi telemurojaatida aytib ötdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.      

"Biz KIP a'zolari özlarini Yevropada erkin-emin his qilayotganlarini körmoqdamiz", deb aytdi Erdöğan. U Turkiya hukumati tomonidan KIPdan tortib olingan har bir qurol kelib çiqişi Yevropa davlatlariga taqalişini ta'kidlab ötdi.

Erdöğan Ğarb davlatlari uning davlati uçun heç qanday yaxşi iş qilmaganini aytib ötdi. "Turkiya uni Yevropa Ittifoqi eşigi oldida 53 yil davomida kutişga majbur qilişayotganda yana nima kutişi kerak? Biz öz muammolarimizni özimiz hal qilamiz", deb aytgan Erdöğan. Erdöğan Turkiya bölayotgan voqealarga qaraşlarini özgartirgani va yangi yöl tutişni möljallab qöyganini aytgan.

Şu bilan birga Erdöğan uni Ğarbda diktator deb ataşlari uni taşvişlantirmasligini aytdi. "Meni Turkiya fuqarolari qanday qabul qilişlari muhimroq", deb qöşimça qildi Turkiya prezidenti.