Germaniya prezidenti Yoaxim Gauk AQŞ prezidentlik saylovlariga bir kun qolganda Respublikaçilar partiyasi nomzodi Donald Trampning ğalaba qozonişidan xavotirda ekanligini bildirdi. Bu haqida Deutsche Welle naşri xabar qildi. 

"Donald Trampdan prezident sifatida nimalar kutiş mumkinligini oldindan aytib bölmaydi", - dedi Gauk. 

GFR prezidenti Trampning ğolib bölişi aksariyat AQŞ va Germaniya fuqarolari kabi uni ham xavotirga solayotganini ta'kidladi. 

"Vaşingtonga qarab xavotirga tuşaman", - dedi GFR rahbari.

Şunday bölsa-da, u "prezidentga yakka hokimlik usullari bilan hukmronlik qilişga yöl qöymaydigan Amerika demokratiyasi, nazorat qiliş va muvozanat tizimi" saqlanib qolişiga umid bildirdi. 

6 noyabrda Emnid kompaniyasi tomonidan çop etilgan ijtimoiy sörovlar Germaniyaning 77 foiz fuqarosi Tramp saylovda ğalaba qozongan taqdirda AQŞ va GFR örtasidagi munosabatlarning salbiy tus olişidan çöçişini körsatdi. 

Washington Post va ABC News tomonidan ötkazilgan sönggi sörovnomalarga köra, Klinton Trampni 5 foizga ortda qoldirmoqda. 

Eslatib ötamiz, AQŞ prezidentlik saylovlari ertaga, 8 noyabr kuni bölib ötadi.