Jahon | 18:47 / 07.11.2016
5834
1 daqiqa o‘qiladi

Gruziyada majburiy harbiy xizmat tiklanishiga oydinlik kiritildi

Foto: ryb.ru

Gruziya mudofaa vaziri Levan Izoriyaning bayonot berishicha, mamlakatda majburiy harbiy xizmatni o‘tash tartibi tiklanadi, deb xabar qilmoqda «Novosti Gruzii». Ammo, vazirning ta'kidicha, harbiy chaqiruv yangi shaklda tashkil etiladi. 

«Chaqirilganlar to‘liq harbiy tayyorgarlikdan o‘tishadi va harbiy xizmatchilar sifatida shakllanishadi. Ularning maoshi 50 larigacha oshiriladi, shuningdek, dam olish kunlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi», — degan vazir.

Levan Izoriyaning qayd etishicha, yangilangan harbiy xizmat xarajatlarning tejalishini hamda harbiy chaqiruvning professionalligini qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, zaxiradagi va bevosita harbiy xizmatni o‘tayotganlar sonini oshirish imkonini beradi. 

Umumiy harbiy majburiyat Gruziyaning sobiq mudofaa vaziri Tina Xidasheli buyrug‘i asosida bekor qilingan edi. Shu bilan Gruziya armiyasi to‘liq shartnoma asosidagi xizmatga o‘tishi rejalashtirilgan edi. 


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid