Iroq armiyasi IŞID terrorçilik guruhi rahbari Abu Bakr al-Bağdodiyning Mösuldan qoçib ketgani haqida ma'lum qildi.
Bundan oldinroq Mösulga hujum davomida IŞIDning 2 mingdan oşiq jangarisi yöq qilingani haqida xabar berilgandi.
"Razvedkadagi manba tasdiqladiki, Abu Bakr al-Bağdodiy oila a'zolari va yaqinlaridan iborat 150 kişilik guruh bilan Mösuldan çiqib ketib, aviazarbalardan qoçib qolgan", degan Iroq harbiy kuçlaridagi manba.
Bundan oldinroq jangarilar yetakçisi Mösul mudofaasi uçun birlaşişga çaqirib, çiqiş qilgandi. U Turkiya tomon tahdid qilib, bu mamlakatni "IŞID faoliyatini davom ettiradigan" mamlakat sifatida nomlagandi.
Abu Bakr al-Bağdodiy (haqiqiy ismi Ibrohim Avad Ibrohim al-Badri) 2014 yilning iyunidan buyon IŞIDga rahbarlik qilib kelmoqda. OAVda bir neça marta uning ölimi haqida xabarlar berilgandi, lekin heç biri tasdiqlanmagan.
Iroq hukumati armiyasi va kurdlarning harbiylaşgan bölinmalari 17 oktabr kuni Mösulni ozod etiş uçun keng kölamli harbiy amaliyot boşladi. Ularni AQŞ boşçiligidagi koalitsiya qöllab-quvvatlamoqda. Şu soatlarda Iroq armiyasi bölinmalari Mösuldan 17 km masofadagi Baaşika şahrini egalladi.












