Ukrainaning Lvov şahridagi aholi turarjoylaridan birida Ikkinçi jahon uruşiga tegişli snaryad portladi, deb xabar qilmoqda «112 Ukraina» telekanali. Jangovar qurol saqlangan xonadonda istiqomat qilgan odam halok bölgan.
Grinçenko köçasidagi köp qavatli uyda saqlangan snaryad 6 noyabr, yakşanba kuni portlab ketgani oqibatida törtinçi va oltinçi qavatlar tösiqlari qisman vayron bölgan.
«Xonadonda 33 yoşli erkakning jasadi topilgan. Portlaş vaqtida uning onasi ham xonadonda bölgan, ammo u jabrlanmagan», — degan Milliy politsiya viloyat boşqarmasi spikeri Svetlana Dobrovolskaya.
Lvov şahri meri Andrey Sadovoyning sözlariga köra, halok bölgan inson uyida öq-dorilarni yiğiş va saqlaş bilan şuğullangan.












