Rossiya poytaxti Moskva şahriga yoğayotgan qor qalinligi 15-18 smga yetmoqda, deb xabar qilgan «Meteonovosti».
Qayd etilişiça, bu uşbu davrga oid odatdagi körsatkiçdan 5 marta köp demakdir. Sinoptiklarning ma'lumotlariga köra, noyabr oyining birinçi ön kunligi oxirida Moskvadagi qor qalinligi 20 smdan oşadi. Bu esa, sönggi 70 yillik meteokuzatuvlar tarixidagi eng yuqori natija böladi.
Noqulay ob-havo sababli poytaxtning Şeremetevo va Domodedovo aeroportlarida 50dan ortiq reys töxtatilgan, deb xabar qilgan «Yandeks.Raspisaniye». Bundan taşqari, 34ta aviaparvoz bekor qilingan.
Avval xabar qilinganidek, Moskvada bir kun içida 562 YTH yuz bergan.












