NASA maslahat kengaşi a'zolari SpaceX kompaniyasi kosmik kemalarining astronavtlar bilan birga fazoga çiqarilişi xavfidan ogohlantirdi. Bu haqida Wall Street Journalnaşri xabar berdi.
Mutaxassislarning sözlariga köra, SpaceX raketalarini yoqilği bilan ta'minlaş usuli xavfsizlik qoidalarini buzadi va kema ekipaji uçun xavf tuğdiradi. Kompaniya raketa taşuvçilarida ultrapast haroratga sovutilgan yoqilği işlatiladi, şu bois raketani yoqilği bilan töldirgandan söng yarim soat içida işga tuşiriş kerak böladi. Mutaxassislar bunday qisqa vaqt içida astronavtlarning öz örinlarini egallaşlari qiyin ekanligini ta'kidlaşmoqda. Biroq ekipaji öz örnida bölgan raketani yoqilği bilan töldiriş ham xavfsizlik qoidalariga ziddir.
Bundan avval Wall Street Journal sentabr oyi boşida röy bergan Falcon 9 raketa taşuvçisining portlaşiga aynan uni yoqilği bilan töldiriş usulini sabab qilib körsatgandi. Şu munosabat bilan raketalarning işga tuşirilişi noma'lum vaqtga qoldirilgan.












