Iroqning Kurdiston muxtor viloyati hukumati xalqaro aloqalar departamenti boşliği Falah Bakir Rossiyaga harbiy va gumanitar yordam sörab, murojaat qilgan, deb yozmoqda «Izvestiya» naşri.

Bakir Rossiya TIV rahbari örinbosari Mixail Bogdanov bilan 1 noyabr kuni uçraşgan. Tomonlar muloqot çoğida qator masalalar, xususan, Iroq Kurdistoni va Rossiyaning terrorizmga qarşi kuraşdagi munosabatlarini muhokama qilişgan. Bundan taşqari, Iroq Kurdistoni vakili harbiy va insonparvarlik yordamlari söraganini ma'lum qilgan. 

«Bizning fikrimizça, jahon hamjamiyati, birinçi galda bizning ittifoqçilarimiz, xususan Rossiya har tomonlama yordam körsatişi lozim», — deya bayonot bergan Bakir.

Uning sözlariga köra, Rossiya tomoni ikki tomonlama aloqalar rivojlanişi muhimligini e'tirof etgan. Bakirning aytişiça, Moskva murojaatlarni örganib çiqişga va'da bergan.