Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker YeIning axloq kodeksini kuçaytiriş fikrini ilgari surmoqda. Bunga Yevrokomissiya sobiq rahbari Joze-Manuel Barrozuning Goldman Sachs bankiga işga ötgani sabab böldi, deb yozmoqda fransuz OAV.
Ma'lum bölişiça, Yunker Yevrokomissiyaning sobiq rahbarlari xususiy kompaniyalarga Bryussel ruxsatisiz yollanişi muddatini yarim yildan 3 yilgaça uzaytiriş taklifini bildirmoqda. U şuningdek, 2004-2014 yillarda Yevropa komissiyasiga rahbarlik qilgan Barrozuning işga joylaşişida heç qanday axloqiy me'yorlar buzilmaganini ta'kidlagan.
«Oçiq aytişim mumkin, şaxsan men lavozimni tark etganimdan söng, 3 yil içida har qanday bank yoki boşqa xususiy kompaniyadan taklifni qabul qilmayman. Garçi, buni 3 yildan keyin ham amalga oşiriş niyatim bölmasa-da», — deb qayd etgan Yunker.
Avvalroq, Yevrokomissiya Barrozuni axloq me'yorlarini buzmagan deb topgan edi.












