WikiLeaks sayti AQŞ Demokratlar partiyasi Milliy qömitasi maktublarining ikkinçi qismini e'lon qilganidan söng xakerlar hujumiga uçradi. Bu haqda loyihaning Twitter akkauntida ma'lum qilingan.

«WikiLeaks servisi #DNCLeak2 ma'lumotini omma e'tiboriga havola etgani uçun xakerlar hujumiga uçradi», — dedi taşkilot xodimi.

7 noyabr, duşanba kuni WikiLeaks AQŞ Milliy qömitasining 8263ta elektron maktubini e'lon qilgan edi. AQŞ prezidentligiga nomzod Hillari Klintonning saylovoldi ştabi vakillari avval xabar qilişganidek, sayt tomonidan yaqin ikki kun içida e'lon qilinadigan materiallar soxta ekani ayon bölgan.