6 noyabr kuni Las-Vegasda filippinlik 37 yashar bokschi Menni Pakyao amerikalik bokschi Jyessi Vargas ustidan g‘alaba qozondi va Jahon boks tashkiloti(WBO) versiyasi bo‘yicha o‘rta vazn toifasida jahon chempioni bo‘ldi. Bugun sizga ana shu charm qo‘lqop ustasining eng zo‘r beshta jangi haqida hikoya qilamiz.
2003 yilning 11 noyabri. Menni Pakyao — Marko Antonio Barrera
Pakyao — sakkiz vazn toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan birinchi va hozircha yagona bokschi edi. Yengil vazn toifasidan boshladi (50,84 kilogrammgacha) va birinchi o‘rta vazn toifasiga muvaffaqiyat bilan ko‘tarildi (69,91 kilogramm). U kelib chiqishiga qaramasdan, o‘ta dindor. Shu bois matbuot anjumanlarida faqat Xudo haqida gapiradi, har jangidan so‘ng unga shukrona keltiradi.
2003 yilda AQShda o‘tkazilgan uchrashuvda 26 yashar filippinlik ancha tajribaga ega meksikalik bokschi Marko Antonio Barreraga qarshi ringga ko‘tarildi. U jang davomida raqibini o‘zining zarbalari bilan “siyladi”. 11-raundag kelib Barreraning murabbiyi shogirdining jang o‘tkaza olmasligini tushundi va uchrashuvni to‘xtatdi. Bu Pakyaoning birinchi eng muhim g‘alabasi edi.
2004 yilning 8 mayi. Menni Pakyao — Xuan Manuel Markes
Pakyao birinchi raundning o‘zidayoq raqibini yerga qulatishga muvaffaq bo‘ldi, ammo har safar u oyoqqa turaverdi. Bu haqiqiy jang bo‘lgan edi — u 12 raund davom etdi va oxir-oqibat hakamlarning qarori bilan durang natija qayd etildi. Filippinlik va meksikalik shundan so‘ng uch marta uchrashdi — Pakyao ikki marta g‘alaba qozondi, bir safar Markes nokaut bilan g‘alaba qozondi.
2008 yilning 6 dekabri. Menni Pakyao — Oskar De La Xoyya
1992 yilda Barselonada o‘tgan Olimpiada chempioni Oskar De La Xoyya filippinlik bokschining shu paytga qadar bo‘lgan raqiblari orasida eng mashhuri edi. De La Xoyya undan bo‘yi uzun, bundan tashqari, qo‘llari ham uzun edi. U uchrashuvda yaqqol favorit hisoblanardi. Ammo amerikalik filippinlikning zarbalariga javob qaytara olmadi: uzun qo‘llariga qaramay, unga ancha qiyin bo‘ldi.
To‘qqizinchi raunddan so‘ng, amerikaliklar burchagi jangni to‘xtatdi va Pakyao Olimpiada chempioni ustidan g‘alaba qozondi. Darvoqe De La Xoyya shundan so‘ng ringa qaytmadi, bu uchrashuv uning uchun eng so‘ngisi bo‘ldi.














