Britan telekanallaridan birida namoyiş qilinuvçi "Yer sayyorasi 2" hujjatli filmining birinçi seriyasida dengiz iguanasi bolasi ortidan önta ilon quvlagani namoyiş qilindi. Bu syujyetga Daily Mail naşri öz e'tiborini qaratdi.

Suratga oliş işlari Galapagos arxipelagi tarkibiga kiruvçi Fernandin orolida ötgan. Endigina tuxumni yorib çiqqan dengiz iguanasining bolasi katta iguanalar joylaşgan qoya çöqqisiga yetib olişga harakat qiladi. Biroq uning ortidan bir neçta ilon quvlaşga tuşadi. 

Iguana köz öngida ilonlar iskanjasida qoçib keta olmagan bir neça qardoşlari ölim topadi, rolik qahramoni esa mö'jizaviy ravişda çöqqiga çiqib olişga muvaffaq böladi.