Hindiston Respublikasi hukumati, sport va turizm vazirligi, Milliy Olimpiya qumitasi, Osiyo Kurash Konfederatsiyasi va Hindiston Kurash federatsiyalari tashabbusi bilan tashkil etilayotgan mazkur chempionatda dunyoning 45ta  mamlakatidan 300 dan oshiq yosh polvon gilamga tushadi.

Musobaqalar va tantanali ochilish marosimi 13-14 noyabr kunlari Rajiv Gandi nomidagi Markaziy o‘yingohda 14 vazn toyifasida o‘g‘il bolalar: 60, 66, 73, 81, 90, 100 va +100 kg qizlar: 48, 52, 57, 63, 70, 78, 87 i + 87 kg.larda bo‘lib o‘tadi.

11-12 noyabr kunlari esa Dunyo Kurash oilasining muhim tadbirlaridan biri  IKA ijroqum yig‘ilishi va Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasining XVI Kongresi VVIP mehmonxonasi konferensiyalar zalida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Kongressda Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasining Qit'aviy Konfederatsiyalar Prezidentlari hisobotlari, 2017-2018 yilgi musobaqalar taqvim rejasi, Turkmaniston va Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlaridagi ishtirok, Xalqaro Kurash Institutini rivojlantirish va yangi federatsiyalarni a'zolikka qabul qilish masalalari muhokama etiladi.

Kurash bo‘yicha yoshlar o‘rtasida VIII-Jahon chempionatida Elmurod Soatov va Olim Ravshanov murabbiyligi ostida 14 nafar O‘zbekiston terma jamoasi kurashchisi O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.