Ispaniyaning taşqi siyosatdagi ustuvor yönaliş Yevropa yönalişi bölib qolmoqda, deb aytdi Ispaniyaning yangi taşqi işlar vaziri Alfonso Dastis Yevropa Ittifoqining xorijiy işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Federika Mogerini bilan uçraşuvda.

Ispaniya taşqi işlar vazirligida ma'lum qilinişiça, Dastis 7 noyabrda Bryusselda Mogerini hamda xalqaro hamkorlik va taraqqiyot böyiça yevrokomissar Neven Mimitsa bilan uçraşdi.

Uçraşuvda Dastis Yevropa bilan hamkorlik Ispaniya yangi hukumatining asosiy ustuvor yönalişlaridan biri bölişini aytdi. U şuningdek "doimiy aloqalar, hamfikrlik va hamkorlik qöllab-quvvatlanişini" aytdi. Uçraşuvda tomonlar Suriya, Liviya va Saxel (Afrikaning tropik savannasi) mamlakatlaridagi vaziyatni hamda Lotin Amerikasi bilan munosabatlarni muhokama qilişdi.    

3 noyabrda Ispaniyaning yangi boş vaziri Mariano Raxoy mamlakatning yangi hukumati tarkibini ma'lum qildi. Unga köra, Ispaniya taşqi işlar vaziri 2011 yildan Yevropa Ittifoqida Ispaniya vakili lavozimini egallab kelgan Alfonso Dastis Kesedo böldi.