Rossiya içki işlar vazirligi kuzatuv kameralari orqali tasvirga tuşirilgan, kikboksing böyiça ikki karra jahon çempionining qotillik lavhasini e'lon qildi. 
Sportçi 6 noyabr kuni Moskvaning janubiy-ğarbida öldirib ketilgan, deyiladi Rossiya IIV bergan ma'lumotda.

Tasvirda körinib turganidek, avto turargohda töxtab turgan çet el maşinasidan yerga bir kişi qulaydi. Uning yonida bölgan boşqa bir kişi esa jinoyat joyidan şoşmasdan yaşirinadi.

Politsiya qotillik qilgan şaxsni  Şeremetevo aeroportida uşlaşga muvaffaq bölgan. U sportçining tanişi bölgan. Suriştiruv xulosasiga köra, qotilikka moliyaviy sabablar asos bölgan.