Bugun Odessa viloyati gubernatorligidan iste'fo bergan Mixail Saakaşvilining bildirişiça, Ukraina prezidenti Petro Poroşenko mintaqadagi jinoiy guruhlarga homiylik qiladi.

«Ukrainaliklar uçun nima farqi qoladi, Poroşenko ham Yanukoviç ham birdek xalqning manfaatlari bilan hisoblaşmasa?», — dedi siyosatçi.

U qayd etdiki, Poroşenko öz vaqtida uni Arseniy Yatsenyukdan uzoqroqda bölişga çaqirgan.

«Biz «Tozalaş uçun» harakatini taşkil etdik va Yatsenyukdan qutulişga yordam berdik. Natijada nima böldi? Avval qanday ömarişgan bölsa, hozir ham şunday ömarişda davom etişmoqda. Men bunga ortiq çiday olmayman. Men juda çarçadim. Meni hayotimda bunçalik köp aldaşmagandi. Odessa viloyatidagi ikki klan prezident homiyligida: Bularning biri 1990-yillardagi Odessa şahri meri Gennadiy Truxanov qotillaridan iborat guruh, boşqasi Odessa viloyat kengaşi raisi Anatoliy Urbanovning Izmail klani», — deya qöşimça qilgan Saakaşvili.

Eslatib ötamiz, Mixail Saakaşvili Odessa viloyat ma'muriyatiga 2015 yil 30 mayida rahbarlik qilişni boşlagan edi. U bu lavozimga Pyotr Poroşenko tavsiyasi bilan tayinlangan edi. 

Saakaşvili iste'foga çiqdi

Saakaşvili iste'foga ketiş sabablarini ma'lum qildi