Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakaşvili iste'foga çiqqani haqida ma'lum qildi. U bu haqda ma'lum qilgan matbuot anjumani 112 telekanali orqali translyatsiya qilinmoqda.
«Men iste'foga çiqişga va kuraşning yangi bosqiçiga ötişga qaror qildim. Men böş ötirmayman. Men qança yuriş mumkin bölsa şunça yuradigan soldatman, yuraveraman, yuraveraman», — degan Gruziyaning sobiq prezidenti.
Saakaşvilining yelkadoşi, Odessa politsiyasi rahbari general Georgi Lortkipanidze ham iste'foga çiqqani ma'lum böldi.

















