Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakaşvili iste'foga çiqişi xususida bayonot bergani xaqida avval xabar qilingan edi. U matbuot brifingida ukrain mulozimlari tomonidan barpo etilgan tösiqlarga qarşi kuraşişdan çarçaganini qayd etgan. Siyosatçi Ukrainaning hozirgi rahbariyatini faqat öz «çöntaklarini qappaytiriş»ga urinayotganlikda va «öz qavmlarini kuçaytiriş» bilan ovora ekanlikda aybladi. 

«Men iste'foga çiqişga va kuraşning yangi bosqiçini boşlaşga qaror qildim. Men qölimni tuşirmayman. Men çarçamayman. Ular mendan qutulişga umid ham qilişmasin, buni xayollariga ham keltirişmasin», — degan Saakaşvili.

Uning ta'kidlaşiça, Ukrainada hokimiyat özgarişi mamlakatni korrupsiyadan xalos etmagan. Şu boisdan ham, u prezident Pyotr Poroşenko va sobiq davlat rahbari Viktor Yanukoviç boşqaruvi örtasida jiddiy farq körmayapti, çunki mulozimlar «avval öğirlaganlaridek, yana öğirlaşmoqda».

«Poroşenko yoki Yanukoviç? Xalqni kim ömarişining nima farqi bor? Prezident Poroşenko Yatsenyuk xalaqit qilganini aytgandi. Biz «Tozalaş uçun» harakatini taşkil etdik va Yatsenyukdan qutulişga yordam berdik. ...Prezidentning özi şaxsan ikkita qabilani qöllab-quvvatlaydi. Bularning biri 1990-yillardagi Odessa şahri meri Gennadiy Truxanov qotillaridan iborat guruh, boşqasi Odessa viloyat kengaşi raisi Anatoliy Urbanovning Izmail qabilasi», — degan siyosatçi. 

Odessa gubernatori Ukraina IIV rahbari Arsen Avakov hamda Davlat nazorat-taftiş xizmati rahbari Roman Nasirovni “korrupsiya ustunlari” deya ayblagan. 

Saakaşvilining sözlariga köra, davlat mulozimlarining daromadlari töğrisidagi deklaratsiyalari uning «sabr kosasini töldirgan sönggi tomçi» bölgan. 

Eslatib ötamiz, Mixail Saakaşvili Odessa viloyat ma'muriyatiga 2015 yil 30 mayida rahbarlik qilişni boşlagan edi. U bu lavozimga Pyotr Poroşenko tavsiyasi bilan tayinlangan edi.