Avval xabar qilganimizdek, sanoqli soatlardan söng, dunyoning yirik davlatlaridan biri AQŞning kelgusi tört yildagi siyosatini belgilovçi umumxalq saylovlari yakunlanadi. Şu munosabat bilan, WikiLeaks sayti asosçisi Julian Assanj ham saylovlar borasida fikrini bildirdi. Uning aytişiça, AQŞdagi prezidentlik saylovi natijalari qanday bölişidan qat'inazar ğolib Amerika xalqi böladi.
"2016 yilgi AQŞ prezidentligi saylovi natijasi qanday bölişidan qat'inazar Amerika jamoatçiligi ğalaba qozonadi. U bizning mehnatimiz orqali köp narsani bilib oldi", — deyiladi Assanj bayonotida.
U, şuningdek, Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton saylovoldi ştabi rahbari Jon Podesta şaxsiy maktublarining e'lon qilinişi "saylov natijalariga ta'sir etiş istagi" bilan izohlanmasligini aytgan. "Respublikaçilar va demokratlar nomzodlari ham foş qiluvçilarga nisbatan özlarining noroziliklarini birdek körsatişdi", — degan Assanj.
Dunyoga maşhur yana bir foş qiluvçi, Amerika razvedkasining sobiq xodimi Edvard Snouden, öz navbatida, barçani ovoz berişda iştirok etişga çaqirgan.
"Bugun siz ertangi kunni qurasiz", — deb yozgan Snouden Twitter sahifasidagi mikroblogida.












