8 noyabr kuni Amerika Qöşma Ştatlari fuqarolari mamlakatning kelgusi 4 yildagi siyosatini belgilab oliş borasida öz qaraşlarini bildirişdi. Bu haqda, Kun.uz sayti tezkor xabarlarni taqdim etib bordi. 

Aytiş joizki, köpçilik ekspertlar, 2016 yilgi AQŞ prezidentlik saylovoldi kampaniyasi ham öta qizğin va bahs-munozaralarga boy bölgan. Nomzodlar bir-birlarining ğururi va obrösini poymol qilişgaça borişgan. Hatto, davlat rahbari Barak Obama, avvalgi prezidentlarda kuzatilmagan saylovoldi faolligini namoyiş etgan va öz partiyadoşi Hillari Klintonni yelkama-yelka qöllab quvvatlagan. 

Mamlakatning 50 ştati va Kolumbiya federal okrugidagi ovoz byulletenlariga Hillari Klinton, Donald Tramp va Libertarian partiyasi nomzodi Geri Jonson ismi-şarifi kiritildi. "Yaşillar" nomzodi Jill Steyn esa 45ta ştatdagi byulletenlarda qayd etildi. 

Saylovlardan avval, sönggi bor ötkazilgan umummilliy ijtimoiy sörovlarga köra, Klintonni saylovçilarning 45-47 foizi, Trampni 41-43 foizi qöllab-quvvatlamoqda. Jonsonga 5-6 foiz, Steynga 2 foizga yaqin saylovçilar ovoz berişi mumkinligi aytilgan edi. 

Bu safargi saylovlarda, AQŞ tarixida ilk marta 200 mlndan ortiq saylovçi öz huquqidan foydalangan. Ularning sezilarli qismi saylov kunigaça özlarining siyosiy qaraşini izhor qilişga ulgurgan. US Elections Project tadqiqot xizmatiga köra, muddatidan avval ovoz beriş huquqidan 41,1 mln saylovçi foydalangan. 

Aytiş joizki, Amerikadagi prezidentni saylaş jarayoni boşqa mamlakatlardagi bevosita saylovlardan sezilarli farq qiladi. Aslida, saylovçilar byulletendagi nomzod nomini belgilaş bilan har bir ştatdan AQŞ prezidentini saylaş huquqiga ega böluvçi saylovçilarga ovoz bergan bölişadi. Şu bilan birga, ştatda qaysi nomzod ğolib çiqsa, uşbu hududdan saylovçilar ovozi töliğiça unga beriladi. Bunda, raqib tomonga berilgan ovozlar soni inobatga ötmaydi. 

Saylovçilar bevosita prezident va vitse-prezidentni saylaşmaydi, aksinça davlat rahbarini saylaydigan, ta'bir joiz bölsa, vositaçilarni saylaşadi. Ularning umumiy soni Vakillar palatasi va senatorlar, Kolumbiya federal okrugidan uç vakilning jami soniga teng böladi. Şunday qilib, 538 kişidan iborat saylovçilar kollegiyasining qöllab-quvvatlaşiga erişiş uçun prezidentlikka nomzod uşbu kollegiyada özining tarafdorlari sonini kamida 270 nafarga yetkazişi kerak. Nebraska va Men ştatlaridan taşqari barça ştatlardagi qoidaga köra, aksariyat köpçilik ovozni töplay olgan nomzod uşbu ştat saylovçi-vositaçilarining umumiy soniga egalik qiladi.