2016 yil 9 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi prezidentligiga Özbekiston XDPdan körsatilgan nomzod Xatamjon Ketmonov Xorazm viloyati saylovçilari bilan uçraşdi. Bu haqda Özbekiston XDP MK Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Viloyatning Ma'naviyat va ma'rifat markazi katta majlislar zalida bölib ötgan uçraşuv, bir vaqtning özida viloyatning barça tumanlaridagi saylovçilar bilan video-konferensiya şaklida taşkil etildi. 

Tadbirni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati Abduğaffor Kirğizbayev oçdi va olib bordi.

Dastavval, nomzodning işonçli vakili Raimbergan Saburov söz olib, Xatamjon Ketmonovning tarjimai holi bilan yiğilganlarni taniştirdi.

Şundan söng,  söz Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod – Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengaşi raisi, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Spikerining örinbosari, partiya fraksiyasi rahbari Xatamjon Abdurahmanoviç Ketmonovga berildi.

Xatamjon Ketmonov dastlab, Xorazm diyori haqida söz olib, xalqimiz ma'naviyatining noyob yodgorligi bölgan “Avesto” kitobi Xorazm tuproğida yaratilganligini,  Xorazm Buyuk Ipak yölining Markaziy tarmoqlari kesişgan nuqtalardan biri bölanligi, dunyo tamadduni uçun ahamiyatli qator olamşumul va  buyuk kaşfiyotlar şu zaminda amalga oşirilganligi va boşqa köplab misollarni tilga oldi. Bularning barçasi Xorazm elining bugungi taraqqiyoti va uluğligining asosiy omili va mustahkam zamini ekanligini, bu zamin xalqi azaldan  faqat bugungi kunni emas, balki uzoq kelajakni  közlab iş tutişini ta'kidladi.
 
Nomzod öz Saylovoldi dasturi bilan yiğilganlarni taniştirar ekan, unda avvalo, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qat'iy amal qilinişi, milliy manfaatlarga sodiqlik, mamlakat mustaqilligini asraş va mustahkamlaş, Vatan ravnaqi, yurt tinçligi, xalq farovonligini ta'minlaş, fuqarolararo va millatlararo hamjihatlik, ijtimoiy barqarorlikni saqlaş orqali Özbekistonning boş strategik maqsadi – rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga qöşiliş, jahon hamjamiyatida munosib örin egallaşga qaratilgan ezgu maqsadlar mujassamligini tilga oldi. 

Nomzod öz dasturida ilgari surayotgan kiçik biznes, uy mehnati, kasanaçilik va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantiriş orqali xotin-qizlar bandligini ta'minlaş samaradorligini oşiriş, mehnat qonunçiligida ayollarga berilgan huquq va qöşimça imtiyozlardan keng foydalanişlari uçun yanada maqbul şaroitlarni yaratiş, mehnatga layoqatli aholini iş bilan ta'minlaş zarurligini ta'kidladi.