9 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan nomzod Sarvar Otamuratovning Navoiy viloyatida saylovçilar va keng jamoatçilik bilan uçraşuvi bölib ötdi. Bu haqda ÖzMTDP Navoiy viloyat kengaşi
Axborot xizmati xabar bermoqda.

Uçraşuvda nomzodning işonçli vakili Anora Bobomurodova iştirokçilarni Sarvar Otamuratovning tarjimai holi bilan  taniştirdi.  

Şundan söng Prezidentlikka nomzod Sarvar Otamuratov sözga çiqib, saylovoldi Dasturida belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan nutq sözladi.

Nomzod milliy tiklanişdan milliy yuksaliş sari ezgu ğoyasi asosida iqtisodiyot, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy, sud-huquq, axborot, sport va taşqi siyosat sohalarida bir qator vazifalar belgilanganini ta'kidlab ötdi.

Uçraşuvda nomzod ta'kidlaganidek, saylovoldi Dasturda iqtisodiyot sohasida xalqning milliy tiklanişi – iqtisodiy islohotlarning negizidir tamoyili asos qilib olingan. Ma'lumki, Navoiy viloyati respublikamizning boşqa hududlariga nisbatan özining istiqbolli işlab çiqariş, gigant sanoat korxonalari faoliyati bilan alohida nufuzga ega.

Navoiy erkin iqtisodiy zonasida bugungi kunda yaratilgan qulay investitsion muhit natijasida Koreya, Buyuk Britaniya, Italiya, Xitoy, Birlaşgan Arab Amirliklari, Hindiston, Singapur, Rossiya davlatlari bilan hamkorlikda  24 ta loyiha muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Şu kungaça kiritilgan investitsiyalarning hajmi 124,2 mln. AQŞ dollarini taşkil etib, uning 34,2 mln dollari töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar hisoblanadi. Mavjud korxonalarda 100 turdan ortiq mahsulot işlab çiqarilib, uzluksiz eksport yölga qöyilgan.

Nomzod qayd etib ötganidek, bugun dunyo bozorida raqobatbardoş hamda transmilliy kompaniyalar  iqtisodiyot timsoliga aylanmoqda. Şundan kelib çiqib, Navoiy erkin iqtisodiy zonasida transport-logistika tarmoği imkoniyatlaridan foydalanişni kengaytiriş lozim. “Özbekistonda işlab çiqarilgan” belgisi ostida jahon bozoriga mahsulot yetkazib berişga qaratilgan tizimli çora-tadbirlarni davom ettiriş, import örnini bosadigan mahalliy xom-aşyo asosida mahsulot işlab çiqaruvçilarni samarali qöllab-quvvatlaş, jumladan, ular uçun soliq miqdorini kamaytiriş, bojxona imtiyoz va preferensiyalari, imtiyozli subsidiyalar va boşqa şakllardagi davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çoralarini joriy etiş ustuvor vazifalardan biridir.

Uçraşuvda nomzod saylovoldi Dasturning boşqa sohalari xususida ham atrofliça töxtalib ötdi. Sarvar Otamuratov ilgari surayotgan vazifalar saylovçilarda katta qiziqiş uyğotdi. Ayniqsa, Navoiy viloyatida madaniy meros obektlarini töliq xatlovdan ötkazib, hisobga oliş işlarini takomillaştiriş, muzeylar, arxivlar, kutubxonalarda va boşqa joylarda saqlanayotgan, madaniy meros obekti belgilariga ega bölgan eksponatlar, kolleksiyalar va arxiv hujjatlarini töliq toifalaştiriş va bu boradagi qonunçilikni yanada takomillaştiriş masalalariga e'tibor qaratilgani saylovçilar tomonidan e'tirof etildi.