15:07 / 09.11.2016
11916

Nyu-Yorkda Tramp tarafdorlari Klintonni qamoqqa tashlashni talab qilishdi

AQSh prezidentligi uchun saylovda Donald Trampni qo‘llab-quvvatlagan kishilar uning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasi oldida to‘planib, undan demokratlar nomzodi Hillari Klintonni qamoqqa tashlashni talab etuvchi shiorlarni ayta boshlashdi.

"Tramp tarafdori bo‘lgan olomon uning kampaniyasi shtab-kvartirasi oldida Viskonsindagi natijalarga munosabat bildira boshlashdi. Miting davomida "Uning qamoqqa tashlash kerak!" kabi so‘zlar yangramoqda", deya yozdi NBC telekanali muxbiri Von Xil'yard.

Tramp tarafdorlari dastlabki natijalar e'lon qilinishini diqqat bilan kuzatib turishgan. Yig‘ilganlarning aksari Trampning g‘alabasiga ishongandi. Trampning o‘zi esa saylov natijalarini Trump Tower osmono‘par binosida turib kuzatgan. 

Nyu-York hukumati terakt ehtimoliga qarshi binoni metall to‘siqlar bilan o‘ragan, iskovuch itlar solingan yuk mashinasi keltirilgan.

Mavzuga oid
Top