Jahon moliya bozorlari AQŞda bölib ötgan prezidentlik saylovi natijalariga salbiy munosabat namoyiş etmoqda. Bunga, xususan, AQŞning yetakçi ittifoqçilari hukumatlarining şoşilinç majlislarni ötkazgani haqidagi xabarlar ham sabab bölmoqda, deya xabar qilmoqda CNN telekanali.
Respublikaçilar partiyasi nomzodi Donald Trampning AQŞ 45-prezidentligiga saylanişi Vaşington siyosat arboblari uçun öziga xos kutilmagan hodisa böldi va buning ta'siri okeanortida ham sezilgan. Telekanalga köra, AQŞ ittifoqçilari va duşmanlari ham qanday qilib, siyosatdan xabari bölmagan va köçmas mulk savdogari hisoblangan nomzodning ğalaba qozonganini anglaşga harakat qilişmoqda. Şu bilan birga, ular dunyoning eng qudratli mamlakati bilan yaqin 4 yildagi hamkorligi borasida boş qotirişmoqda.
Xususan, Janubiy Koreya özining Milliy xavfsizlik kengaşining şoşilinç majlisini ötkazgan, Yaponiya moliyaviy rasmiylari esa, Nikkei fond birjasi körsatkiçining 1000 punktga tuşganini muhokama etişgan. Buyuk Britaniya va Fransiyadagi fond bozorlari ham bugungi savdolarini pasayiş bilan boşlagan.
AQŞning Dow Jones fond birjasining bozoroldi savdolari körsatkiçi 2001 yil 11 sentabr kunidan beri ilk marotaba 500 punktga pasaygan.

















