AQŞ prezidentlik saylovlarida kim ğolib bölişiga  qarab, Independent Trader blogi muallifi mamlakatda qanday geosiyosiy özgarişlar yuz berişi va bozorlarga ta'siri haqida söz yuritdi. 

Amerika özining yangi prezidentini sayladi - respublikaçi Donald Tramp demokratçi raqibini ortda qoldirib, ğolib böldi. Bu sönggi ön yilliklarda mamlakat hayotidagi eng muhim ahamiyatga ega bölgan voqealardan biridir. Şuni ta'kidlaş joizki, Kennedi davridan buyon prezidentlikka nomzodlar eng avvalo isteblişment manfaatlarini himoya qilişgan. Biroq bu safar hammasi boşqaça bölişi mumkin, Donald Tramp jamiyatning boy qatlami hukmronligini çeklaşga va'da bergan, axir.

Quyida taqdim etilayotgan grafikda amerikalik oddiy işçining daromad darajasi yirik kompaniya xodimi kirimlaridan qanday farq qilişini köriş mumkin. 

1978 yildan 2015 yilgaça yirik korporatsiyalar xodimlarining iş haqi 500 foizdan 1000 foizga kötarilgan. Aksariyat amerikaliklarning daromad darajasi esa 37 yil davomida deyarli özgarişsiz qolgan!

Bunday tafovut vositalarning noproporsional taqsimlanişiga olib kelgan. 

Geosiyosat

Gapni Trampning harakatlarini oldindan taxmin qilib bölmasligidan boşlaş kerak. Tramp - butun boşli imperiyani qurgan işbilarmon va tabiiyki, u iqtisodiyot haqida yaxşi tasavvurga ega. 

Trampning eng asosiy niyatlaridan biri - sönggi 20 yil içida AQŞ sanoatiga salbiy ta'sir körsatgan barça bitimlarni bekor qilişdan iborat. Işlab çiqarişning Meksika va Xitoyga ommaviy köçib ötişi örta sinfga kuçli ta'sir körsatgan.

Tramp soliqlarni qisqartirişni istaydi. Bu haqiqatga aylansa, juda yaxşi, albatta. Real byudjyet kamomadi 1,3 trillion dollarni taşkil qiladi (YaIMning 7 foizi), Tramp esa infratuzilmani keskin kötarmoqçi, buning uçun unga yana 250 milliard dollar kerak böladi. 

Trampning hukumat tepasiga kelişi Rossiya bilan munosabatlarni ijobiy tomonga özgartirişi mumkin. Bu diqqatga molik eng asosiy omillardan biridir. Zero gap faqat ikki buyuk davlat örtasidagi ziddiyat haqida emas, yadroviy qurol qöllanişi mumkin bölgan jahon uruşi haqida ketmoqda. Uşbu vaziyatni yumşatiş uçun birinçi navbatda Ğarb Rossiyaga nisbatan qöyilgan sanksiyalarni bekor qilişi kerak böladi, bu Yevropadagi vaziyatni ham yaxşilaydi. 

Rossiya va AQŞ örtasidagi munosabatlarning yaxşilanişi Xitoyga yoqmaydi. Ehtimol, şuning uçun XXR Trampga bu qadar salbiy munosabat bildirar.