AQŞning yetakçi kabel telekanallari AQŞ prezidentligi saylovlari natijalariga yakun yasaş davomida tomoşabin yiğiş böyiça tungi reytinglar rekordini örnatdi, deb xabar bermoqda Nielsen kompaniyasiga iqtibos keltirgan holda RNS.

Ta'kidlanişiça, CNN telekanali bu borada AQŞ kabel televideniyelari orasida yetakçi böldi. Bu telekanal orqali saylovlar borişini 13,3 mln kişi kuzatdi. Bu saylovdan keyingi tun efirlari uçun rekord natija böldi.

2-örinni 12,2 mln tomoşabin bilan Fox News egalladi. 3-örin esa 6 mln kişi yiğa olgan MSNBC telekanaliga nasib etdi.

Nielsen ma'lumotlariga köra, kabel telekanallarining saylov kunidagi auditoriyasi umum foydalaniladigan NBC telekanaliniki bilan tenglaşdi: bu telekanalning saylovlardan keyingi örtaça auditoriyasi 12 mln tomoşabinni taşkil qilib kelayotgandi. Şuningdek, ABC şu tun televizorlar oldida 9,7 mln kişi, CBS — 8,8 mln, Fox 4,2 mln kişi yiğa olgan.

Oktyabrda Xillari Klinton va Donald Tramp örtasidagi yakuniy teledebatni 71,6 mln teletomoşabin kuzatgan.