Singapurdagi maktab direktori öquvçilarning ota-onalariga butun internet foydalanuvçilarini öylantirib qöygan maktubni bitdi. Unda rahbar hattoki eng qaysar ota-onaning qalbiga yöl topa oluvçi juda muhim haqiqatlarni bayon qilgan. All Singapore Stuff naşri ana şu xatni taqdim etdi.
"Qadrli ota-onalar, tez kunlarda farzandlaringizning imtihonlari boşlanadi. Ularning imtihonlardan muvaffaqiyatli ötişlaridan xavotirda ekanligingizni yaxşi bilaman.
Biroq, iltimos, yodingizda bölsin: bu imtihonda öquvçilar orasida matematikani batafsil tuşuniş zarurati bölmagan rassom, tarix va adabiyot fanlariga ehtiyoji yöq tadbirkor, kimyo fani kerak bölmagan musiqaçi, şuningdek fizikadan köra jismoniy tarbiya fani muhim ahamiyat kasb etuvçi sportçi böladi.
Farzandlaringiz yaxşi baho olişsa, juda yaxşi, albatta. Biroq siz kutganingizdek bölmasa, ularni öziga bölgan işonç hissidan mahrum qilmang.
Bolalarga hammasi yaxşi, bu şunçaki imtihon ekanini ayting. Ular hayotda undan-da ahamiyatli narsalar uçun yaralişgan.
Iltimos, şunday qiling va ularning dunyoni zabt etişini kuzating. Birgina imtihon yoki past baho ularning orzusi va iste'dodini olib qöymaydi.
Eng ezgu tilaklar bilan, maktab direktori".












