12 noyabr kuni Özbekistonga rasmiy taşrif bilan XXR taşqi işlar vaziri Van I kelişi kutilmoqda. Bu haqda Özbekiston TIV sayti xabar bergan.
Bölib ötişi kutilayotgan uçraşuvlarda ikki mamlakat taşqi işlar vazirlari Özbekiston va Xitoy orasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, hamda hududiy va xalqaro muammolar muhokama qilinişi kutilmoqda.
Taşrif davomida Xitoy delegatsiyasi Samarqandga borişi ham kutilmoqda.
Oktyabr oyida Qirğiziston TIV vakillari Pekinda "Xitoy — Qirğiziston — Özbekiston" yönalişida temir yöl quriliş masalasini muhokama qilgan edi.












