Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi Creta STC deb nomlagan kontseptual pikapini namoyiş etdi. Koreya respublikasida işlab çiqilgan prototipni Braziliyaning San-Paulu şahrida bölib ötayotgan avtokörgazmada taqdim etişgan.
Creta STC (Sport Truck Concept) kontsept karining gabarit ölçamlari 4,68x1,85x1,63 metrdir. Uning ğildiraklar bazasi 2,8 metrni taşkil etadi. Şu bilan, pikap öziga asos bölgan Creta krossoveridan 41 santimetrga uzunroq, 70 mmga enliroqdir. Ularning öqlari örtasidagi farq 210 mmdir.

Hyundai Creta STC yuk platformasi uzunligi 1,3 metrni, eni 1,29 metrni, bortlari balandligi 51 smga teng. Yukxonaga 850 litr hajmdagi yukni ortiş mumkin.

Creta yöltanlamasining pikap namunasi seriyali işlab çiqarilişiga oid ma'lumot mavjud emas. Prototipning işlab çiqarişga tayyor kontsepti Renault Duster Oroch va Fiat Toro bilan xaridorlar uçun kuraşişi mumkin edi.












