AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining ikkita qiruvçi-bombardimonçi F/A-18 Hornet samolyoti Kaliforniya ştati San-Diyego şahri osmonida töqnaşib ketdi, deb xabar qilmoqda ABC News telekanali. Ta'kidlanişiça, hodisa, öquv parvozlari çoğida yuz bergan.
Telekanal ma'lumotlariga köra, qiruvçi samolyotlar uçuvçilaridan biri katapulta qilişga va Tinç okeaniga qönişga muvaffaq bölgan. Uni qidiruv-qutqaruv vertolyoti qutqargan. Ikkinçi uçuvçi öz boşqaruvidagi qiruvçini harbiy baza hududiga qöndirgan.
Ikkala uçuvçi ham şifoxonaga yotqizilgan va holati barqaror ekani xabar qilinmoqda. Ayni vaqtda, suriştiruv işlari olib borilmoqda.











