Mobil elektronika bozorida bosqiçma-bosqiç rivojlanişga qaror qilgan Lenovo kompaniyasi yangi smartfoni – Moto M’ni taqdim qildi. 

Smartfon metalldan işlangan korpus, 8 yadroli Helio P15 protsessori va Mali-T860 grafik tezlaştirgiçi, 4 Gb tezkor xotira, microSD xotira kartalari hisobiga oşirilişi mumkin bölgan 32 Gb li doimiy xotira bilan jihozlangan.  

Korpus içiga suv va çangning tuşişidan himoya va barmoq izlari skaneri alohida tahsinga loyiq. Bundan taşqari, smartfon tez quvvatlaş texnologiyasini qöllab-quvvatlaydi.   


mototola.com.cn

Moto M’ning zaif joyi u işlaydigan operatsion tizim hisoblanadi. "Zefir" operatsion tizimi ma'naviy eskirib qolmagan bölsa-da, biroq 2016 yil oxirida çiqqan qurilmaga yaqqol yaroqsiz körinadi.   

Smartfonning bu örtamiyona körsatkiçlari uçun unga belgilangan 290 dollar narx biroz qimmatdek tuyuladi. Vaholanki şu pulga Xiaomi kompaniyasi kuçliroq Snapdragon 820 protsessorida işlovçi Mi 5 modelini taklif qilmoqda.