Lenovo kompaniyasi Barselonadagi MWS körgazmasida ğayrioddiy mahsulot – 17,3 dyuymli şaffof ekranga ega noutbukni taqdim etdi. Model ThinkBook Transparent Display Laptop deb nomlanadi. Uning renderlari ilgari Internetda paydo bölgan edi. 

Displey MicroLED texnologiyasidan foydalangan holda işlab çiqarilgan va 55 foizgaça şaffoflikni ta’minlaydi. Oq fon bilan u butunlay şaffof emas, lekin qora fon bilan siz uni ikkala tomondan ham körişingiz mumkin. Maksimal yorqinlik 1000 nitga yetadi. 

Lenovo muhandislari fikriga köra, uşbu şakl raqamli rassomlar uçun foydali bölişi mumkin, bu ularga rasm çiziş paytida ekran orqasidagi dunyoni köriş imkonini beradi. 

Şaffof ekran panelidan foydalaniş bir qator çeklovlarga ega. Eng asosiysi noutbukda piksellar soni atigi 720p böladi. Biroq matnning ravşanligi yaxşi, uni öqiş oson. 

Noutbukning orqa tomonida AI kamerasi mavjud. Lenovo uning töldirilgan reallik texnologiyalari bilan işlaşda foydali bölişi mumkinligiga işonçi komil. 

Hozirça ThinkBook Transparent Display Laptop sotuvga çiqişga tayyor bölmagan konseptual yeçimdir. Şunga qaramay, Lenovo yaqin beş yil içida bunday texnologiyalar seriyali noutbuklarda qöllanilişiga işonadi.