Yaqinginada taqdimoti bölib ötgan MacBook Pro noutbugi savdolari yangi rekordlarni örnatmoqda, deb xabar qilmoqda Forbes jurnali Slice Intelligence tomonidan ötkazilgan tadqiqot natijalariga asoslangan holda.
«Savdolar boşlanganidan söng beş kun içida onlayn xaridorlar yangi MacBook Pro uçun sarflagan umumiy mablaği 2016 yilning ötgan davrida boşqa turdagi noutbuklar uçun sarflangan pullarning jami qiymatidan oşib ketdi. Katta işonç bilan aytiş mumkinki, bu kupertinolik mutaxassislarning ulkan yutuğidir», — deyiladi Slice Intelligence matbuot bayonnomasida.
Apple kompaniyasi beş kun içida MacBook Pro noutbuklarini sotişdan topgan daromadi, boşqa işlab çiqaruvçilarning bir yil mobaynida topgan daromadini ortda qoldirgan. Ta'kidlanişiça, ilk ikki kunda talab ança yuqori bölgan.
Uşbu natijalar qisman MacBook Pro noutbuklarining öta qimmatligi bilan izohlanadi. Yangi noutbuklar qatori avvalgilaridan ança qimmat turadi. Jumladan, eng arzon, Touch Bar örnatilmagan modelining naxri 1499 dollar etib belgilangan. Interfeysning yangi namunasiga ega böliş uçun yana 300 dollarning bahridan ötiş lozim böladi. 15 dyuymli ekranga ega noutbukka 2399 dollar tölaş kerak böladi.












