10 noyabr kuni Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratovning Buxoro viloyati saylovçilari va jamoatçiligi bilan uçraşuvi bölib ötdi.

Uçraşuvda turli sohalar, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, xotin-qizlar, yoşlar, mahalla faollari, partiya a'zolari hamda OAV xodimlari iştirok etdilar.

Uçraşuv Buxoro viloyatining barça tuman va şaharlarining saylovçilari bilan onlayn videokonferensiya orqali muloqot tarzida bölib ötdi.

Dastlab nomzodning işonçli vakili Saidjon Hamroyev yiğilganlarni Sarvar Otamuratov tarjimai holi bilan taniştirdi. Şundan söng nomzod saylovoldi Dasturining asosiy yönalişlarini bayon etdi.

Dasturda, eng avvalo, ma'naviy-ma'rifiy sohaga alohida e'tibor berilganligini ta'kidlar ekan, nomzod «Öz tarixini bilmaydigan, keçagi kunini unutgan millatning kelajagi yöq» tamoyili asosida xalqimiz tarixini xolis va tizimli örganiş, bu borada özbek xalqining tarixiy ötmişi va bugungi kunini baholaşda bir yoqlama yondaşuvlarga, noxolislikka yöl qöymaslik, Özbekiston tarixini buzib, soxtalaştirib talqin etilişiga qarşi kuraşiş lozimligi xususida gapirdi.

S.Otamuratov madaniy meros obektlarini töliq xatlovdan ötkazib, hisobga oliş işlarini takomillaştiriş, muzeylar, arxivlar, kutubxonalarda va boşqa joylarda saqlanayotgan, madaniy meros obekti belgilariga ega bölgan eksponatlar, kolleksiyalar va arxiv hujjatlarini töliq toifalaştiriş, bu boradagi qonunçilikni yanada takomillaştiriş masalalariga e'tibor qaratar ekan, uşbu holat Buxoro viloyati uçun ham dolzarb ahamiyatga ega ekanligini aytib ötdi.

Ma'lumki, Özbekiston, xususan Buxoro viloyati köp asrlik tarixga va nodir madaniy-tarixiy merosga ega. Bularning hammasi mamlakatimizda ulkan salohiyati hozirça töliq işga solinmagan turizm industriyasini rivojlantiriş va yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga aylantiriş imkonini beradi.

Nomzod mazkur masala Buxoro viloyatida ham dolzarbligini e'tirof etgan holda turizm viloyat iqtisodiyotini yanada rivojlantirişda muhim örin tutişini aytib ötdi. Turizm respublikamizning barça hududlari qatori Buxoroda ham bugungi kunda muhim bölib turgan qöşimça iş örinlarini yaratiş, iqtisodiy faol aholining bandligini oşiriş, aholi farovonligini yuksaltiriş hamda infratuzilmani rivojlantirişga xizmat qilişini ta'kidladi.

Şundan kelib çiqqan holda, Sarvar Otamuratov öz saylovoldi Dasturida sayyohlik infratuzilmasining yanada rivojlanişini, sayyohlar uçun möljallangan obektlarning har tomonlama maqbul bölişini, transport va mehmonxona xizmatlari hamda sayyohlik logistikasini takomillaştirişni, sayyohlik industriyasi bilan boğliq xizmatlarning turli sohalariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etişni ta'minlaş kabi vazifalarning belgilanganligini alohida e'tirof etdi.