Öz hayot tarzidan bir neça ön yillar mobaynida faxrlanib kelgan manhettenlik milliarder Donald Tramp köp xatolar qilgan, ammo «özi bilan kuraşib» ğolib böldi, deb yozadi The Washington Post.
Naşrning qayd etişiça, Tramp zamonaviy siyosat qoidalarini tan olmadi va saylovçilar bilan ular tuşunadigan oddiy tilda gaplaşdi. U odamlarga, ular istayotgan narsalarni gapirdi. Tramp elitaga qarşi çiqdi va ğolib böldi.
Uning öziga töq oilada dunyoga kelgani, boyligi bilan öziga zeb bergani va qirollardek yaşagani muhim emas. U şuningdek, qolipga tuşib qolgan va odamlarning siyosat haqida qaçon nima deyiş kerakligi borasida dars beruvçi eski qoidalarga qarşi çiqdi va yana ğalaba qozondi, deb yozadi The Washington Post.
Gazetaning fikriça, Tramp özining maşhurligi uni aksar siyosatçilar oğişmay amal qiladigan qat'iy me'yorlardan himoya qiladi, deb öylagan. U ğalaba qozondi, çunki Tramp öziga xos qiliqlari va izohlari «uning haqparvar va işini oxiriga yetkazadigan insonligi haqida tasavvur hosil qiliş»iga işongan.












