Pritskerlar, 29 milliard dollar

Nufuzli röyxatning 10-örnida 29 milliard dollar bilan Pritskerlar oilasi örnaşdi. Hozir sulolaning faqat bir aktivi mavjud - Hyatt mehmonxonalar tarmoği, aftidan ularga buning özi yetarli körinadi.
Jyennifer Pritsker Forbes'ning eng badavlat amerikaliklar röyxatidan joy olgan - u Hyatt biznesi bilan şuğullanadi.
Tailand qirollik oilasi, 30 milliard dollar

Tailand qiroli Rama IX (haqiqiy ismi - Pumipon Adulyadet) nafaqat mamlakat, balki öz sulolasini ham boşqaradi. Oilaning moliyaviy ahvoli - 30 milliard dollarga baholanadi. Moliyaviy boşqaruv Ramaning tasarrufida, lekin sulola a'zolari bundan şikoyat qilişmaydi, zero ularning pulga muhtojligi yöq. Rama - ijodiy şaxs: Qirollik orkestri ijro etuvçi simfoniyalar va jaz pesalari muallifi, saksafonda juda yaxşi öynaydi. Şuningdek u qobiliyatli rassom hamda yaxta poygalari işqibozi hamdir. Bundan taşqari, Rama Tailand qişloq xöjaligi rivoji va yangi texnologiyalarni tatbiq qilişga faol hissa qöşib keladi.
Kokslar, 32 milliard dollar

Barçasi XIX asrning oxirida oila otaxonlaridan birining Dayton Evening News gazetasini sotib olişidan boşlangan. Bir yarim asr davomida Kokslar avtodilerlik tarmoği, kabel TV, şuningdek matbuot hamda radiostansiyalar kiruvçi media-aktivga ega böldi. Rasman sulolaning eng yoşi uluğ kişisi - Jyeyms Kennedi. Familiyasidan ma'lumki, u yana bir ajoyib sulola, aniqroği - Jon Kennediga qarindoş keladi. Jyeyms öz davrida yetarliça mehnat qilgan, bugun esa u direktorlar kengaşi majlislarida iştirok etadi, xolos. Imperiya boşqaruvi esa uning qizi Anna Koks Çembersga ötgan.
Hyorstlar, 35 milliard dollar

Sulola sarguzaştlari Uilyam Rendolf Herstdan boşlangan. Herst tabloidlar janri otasi hisoblanadi. Mark Tven va Jyek London uning gazetalarida işlaşgan, u Gitler bilan döstlaşgan va Stalindan nafratlangan, mavjud barça qoidalarni buzgan va misli körilmagan haşamatli saroyni bunyod etgan. Uning öğli jiddiy jurnalist bölgan, nevarasi Patritsiya - it-girl №1. 1974 yilda uni çap radikallar öğirlab ketişgan, qutida saqlaşgan, hayotiga tahdid solişgan, natijada Patritsiya ular bilan birga banklarni öğirlaşda iştirok etgan. 5 yillik qamoq jazosini ötab, ozodlikka çiqqan va hozirda eri, farzandlari hamda nevaralari bilan birga xotirjam hayot keçirmoqda.


















